30 okt 15:25
Yangiliklar
Tennis
Anjelik Kerber va Manuel Noyer quyosh kremi va terini parvarish qilish kompaniyasiga asos solishdi
Dunyoning 22-raketkasi Anjelik Kerber va germaniyalik futbolchi, "Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer quyoshdan himoya qiluvchi va terini parvarish qilish kompaniyasi tashkil qilishdi.
Kompaniya Deutsche Kosmetikwerke AG (DKW AG) deya nomlandi. Uning ofisi Marburgda (Germaniya) joylashgan. Bild nashrining xabar berishicha, mahsulotlar Newkee brendi ostida ishlab chiqariladi (bu so'z sportchilar familiyasidan olingan).
"Top sportchilar sifatida biz terini kundalik parvarish qilishda nimalarga etibor berish muhimligini aniq bilamiz. Biz har hafta soatlab mashq qilamiz. SHuning uchun kuniga bir necha marta dush qabul qilishimizga to'g'ri keladi. Bizning tariximiz tom manoda terimizda aks etadi", - dedi. Kerber.
Noyabr oyidan mahsulot ishlab chiqarish boshlanadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar