04 sen 08:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Antonio Margarito texnik qaror evaziga g'alaba qozondi
Sobiq jahon chempioni Antonio Margarito Meksikada o'tgan professional boks oqshomida texnik g'alabani qo'lga kiritdi.
Meksikalik 39 yoshli bokschi amerikalik 30 yoshli Karson Jonsga qarshi ringga ko'tarildi. Ikkinchi raundda Jonsning bosh bilan bergan zarbasidan so'ng Margaritoning qoshi yorildi.
Ettinchi raundga
kelib qon oqishi tezlashib ketdi. Natijada referi jangni to'xtatishga majbur bo'ldi.
G'olib nomi 7 raund yakunlariga ko'ra aniqlandi. Yakunda 67-65, 68-64, 67-65
hisobida Margarito g'alaba qozondi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar