29 mar 15:42
Yangiliklar
Futbol
Antuan Grizmann qaytdi
Futbolchi jamoaga yordam berishga tayyor.
"Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann safga qaytdi, deya xabar berdi "Marca". Futbolchi to'pig'idan olgan jarohatidan forig' bo'ldi.
Franciyalik futbolchi Franciya terma jamoasining o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazib yubordi, ammo hozir "matraschilar"ning umumiy guruhida mashg'ulot olib bormoqda. Grizmann 1 aprel kuni "Vilyarreal"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi kutilmoqda.
33 yoshli hujumchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 38 ta o'yinda qatnashib, 19 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U "Atletiko"ning Alvaro Moratadan keyingi eng yaxshi to'purari hisoblanadi.
Havola :
Fikrlar