03 jan 17:56
Yangiliklar
Muaytay
Anvar Boynazarovning keyingi jangi muay-tayda bo'ladi. Raqib Jahon chempioni! (POSTER)
Taniqli o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Anvar Boynazarovning navbatdagi jangi tafsilotlari malum bo'ldi.
37 yashar hamyurtimiz 22 yanvar kuni AQSHning Kaliforniya shtati, Los-Anjeles shahrida tashkil etiladigan 5 Legendary Fights turnirida ishtirok etadi.
Unga o'sha kuni tailandlik muay-tay va kikboks bo'yicha bir necha karra Jahon chempioni Lerdsila CHumpayrtur raqib bo'ladi. Jang muay-tay qoidalari asosida tashkil etiladi.


Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar