23 jan 18:13
Yangiliklar
Tennis
AO-2026. Kamilla Rahimovaning juftlik bellashuvlaridagi keyingi raqibalari nomi malum bo'ldi
Avstraliyaning Melburn shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionatining juftlik bahslari davom etmoqda.
Malum qilganimizdek, ayollar o'rtasidagi juftlik bahslarida mamlakatimizning birinchi raqamli raketka ustasi Kamilla Rahimova neytral maqomdagi Anna Blinkova bilan hamkorlikda ishtirok etmoqda. Sportchilar kecha tongda turnirning ilk davrasida Xitoy Taypeyi vakilasi CHan Xaocin va xitoylik Czyan Sinyu juftligini 3/6, 7/5, 7/6(tay-brekda 10/1) hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi.
Kamilla va Anna endi ikkinchi davra bosqichida amerikalik tennischilar — Xeyli Baptist hamda Peyton Sterns juftligiga qarshi kortga chiqadi. O'yin ertaga tonggi 9:00 da boshlanishi belgilangan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar