15 may 10:51
Yangiliklar
Boks/MMA

AQSHda uch oylik tanaffusdan so'ng ilk boks kechasida jahon chempioni ringga ko'tariladi
AQSHda uch oylik tanaffusdan so'ng ilk boks kechasi 9 iyun kuni Nevada shtatining Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi.
Oqshomning markaziy jangida yarim engil vazn toifasida WBO kamari sohibi SHakur Stivenson (13-0, 7KO) meksikalik Rafael River (27-4-2, 18 KO)ga qarshi ringga ko'tariladi. Jang o'n raunddan iborat bo'lib, unda SHakurga tegishli chempionlik kamar o'ynalmaydi.
Eslatib o'tamiz, Showtime so'nggi bor 13 mart kuni AQSHda boks kechasini tashkil etgandi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar