So’nggi yangiliklar

20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0 13:15Octagon навбатдаги турнири Ўзбекистонда ўтказилишини анонс қилди 0

25 okt 13:29
Yangiliklar

Qilichbozlik, Paralimpiya

Aravachada qilichbozlik sport turi ommalashmoqda

Teglar :  Qilichbozlik
Namangan Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi aravachada qilichbozlik bo'yicha kattalar va yoshlar (U 23) o'rtasida O'zbekiston chempionatiga mezbonlik qildi.

Jismoniy imkoniyati cheklanganlarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan mazkur musobaqada yuzga yaqin qilichbozlar g'oliblik uchun kuch sinashdi.

CHempionatning tantanali ochilishida yurtimizda ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolarni sport bilan shug'ullanishi, shu jumladan, aravachada qilichbozlik yo'nalishida zarur sharoitlar yaratish, ushbu sport turini ommalashtirish, xalqaro arenalarda, ayniqsa, Paralimpiya va Paraosiyo o'yinlarida O'zbekiston dovrug'ini yuksaltiradigan sportchilarni etishtirishga alohida etibor qaratilayotgani takidlandi.

Besh kun davom etgan, ko'tarinki ruhda tashkil etilgan musobaqada mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan para qilichbozlar jamoaviy bahslarda mahoratlarini sinovdan o'tkazdi.

Respublika chempionatining yakuniy natijalariga ko'ra, shpaga yo'nalishida Farg'ona viloyatidan Bobur Musinjonov va Toshkent viloyatidan Albina Nuriddinova, sablya yo'nalishida Andijon viloyatidan Rasulla Jusipbaev va nukuslik Mehribon Jalgasovaga teng keladigan raqiblar topilmadi.

Umumjamoa bahslarida esa Qoraqalpog'iston Respublikasi jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi. Mezbonlar Namangan viloyati jamoasi faxrli ikkinchi o'ringa sazovor bo'ldi. Andijon viloyati jamoasi esa uchinchi o'rinni egalladi.

Turnirning tantanali taqdirlash marosimida g'olib va sovrindorlar Namangan viloyati hokimligi, O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi tomonidan maxsus diplom, medallar va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing