27 apr 19:22
Yangiliklar
Futbol
Arda Gyuler ajoyib natija qayd etmoqda
Turk futbolchisi o'ziga berilgan imkoniyatdan maksimal foydalanmoqda.
"Real" klubi futbolchisi Arda Gyuler "Real Sosedad"ga qarshi o'yinning 29-daqiqasida hisobni ochgan va bu gol uchrashuvda yagonaligicha qolgandi. Bu Gyulerning La Ligadagi so'nggi uchta o'yindagi ikkinchi goli hisoblanadi.
Avvalroq, 19 yoshli futbolchi "Selta" darvozasini ham ishg'ol qilgandi. Garchi, Arda ko'p o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgan bo'lsa ham o'ziga berilgan daqiqalardan maksimal foydalanmoqda. Gyuler bugungi goli urilgan daqiqaga qadar La Ligada umumiy hisobda 70 daqiqa harakat qilgandi.
Malumot uchun, Arda Gyuler "Real Sosedad"ga qarshi o'yinda La Liga doirasida ilk marta boshlang'ich tarkibda maydonga tushdi.
Havola :
Fikrlar