28 fev 19:17
Yangiliklar
Futbol
Argentina termasining sobiq posboni odam o'ldirib qo'ydi
Argentina termasining sobiq posboni Pablo Kavalero yo'l-transport hodisasiga uchradi.
46 yoshli sobiq futbolchi "Volkswagen Tiguan" mashinasini boshqarib ketayotgan vaqtida 56 yoshli Xuan Riveroni urib ketgan. U voqea joyida halok bo'lgan. Policiya bu holatga jinoiy ish ochgan va ayni damda tergov-surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Kavalero 1998-2002 yilgi mundiallar qatnashchisi hisoblanadi. U termasi tarkibida 26 o'yinda qatnashgan. SHuningdek, "Espanol", "Selta", "Levante" kabi jamoalar tarkibida ham o'ynagan.
Havola :
Manba : Goal
Fikrlar