07 okt 08:38
Yangiliklar
Messining xayrlashuv o'yinida Argentina yirik hisobda g'alaba qozondi + VIDEO
Ushbu o'yin janubiy amerikaliklar hujumchisi Lionel Messi uchun milliy jamoa safidagi so'nggi o'yinga aylandi. Buenos-Ayresdagi “Monumental Antonio Vespuchchi Liberti” stadionida kechgan uchrashuv “albiseleste”ning 3:0 hisobidagi yirik g'alabasi bilan yakunlandi.
G'oliblar safida Nikolas Otamendi va Niko Pas o'z hisobiga gol yozdirib qo'ygan bo'lsa, yana bir golga 11 metrli jarima zarbasini aniq ijro etgan yulduzli hujumchi Lionel Messi mualliflik qildi. Bundan tashqari, hujumchi ikkita golli uzatmani ham amalga oshirdi.
Messi Argentina terma jamoasi safidagi debyutini 2005 yilning avgust oyida Vengriyaga qarshi kechgan o'rtoqlik o'yinida (2:1) o'tkazgandi. U terma jamoa tarkibida jami 208 ta uchrashuvda maydonga tushib, 125 ta gol va 68 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. SHuningdek, u jamoa bilan birga Jahon chempionati-2022, ikki karra Amerika Kubogi (2021, 2024) hamda Finalissima (2022) g'olibiga aylangan.
Argentina terma jamoasidan ketish qarorini Messi AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qilgan 2026 yilgi Jahon chempionatidan so'ng qabul qilgan va bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida elon qilingan maktubida malum qilgandi
Fikrlar