16 may 10:10
Yangiliklar
Tennis
Arina Sobolenko Rimda 1/4 finalga chiqdi
Dunyoning ikkinchi raketkasi Arina Sobolenko Rimda davom etayotgan WTA 1000 toifasiga kiruvchi turnirning yarim final ishtirokchisiga aylandi.
Belaruslik tennis malikasi 1/4 finalda WTA reytingida roppa-rosa 10-o'rinni egallab turgan latviyalik Elena Ostapenkoni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/2, 6/4. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob yiriklashdi - 3:0.
Etmish uch daqiqa davom etgan bahsda Sobolenko 2, Ostapenko 3 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar Elenada ko'proq bo'ldi - 4 ga 1. Breyklar bo'yicha mutlaq ustunlik belaruslik tennischi tomonda - 3 ga 0!
Malumot uchun, 26 yoshli Sobolenko Rim turniri tarixida ikkinchi bor 1/2 finalda o'ynaydi. U 2022 yilda ham ushbu bosqichga etib kelgandi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar