11 sen 11:41
Yangiliklar
Futbol
"Arsenal" akademiyasi tarbiyalanuvchisi 14 yilga qamaldi
Londonning "Arsenal" klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisi 14 yilga qamaldi.
"Arsenal" akademiyasi tarbiyalanuvchisi Kirnan Xyuz-Meyson bolaga qasddan badanga og'ir shikast etkazganlik va shafqatsiz munosabatda bo'lgani uchun 14 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.
Futbolchi 2020 yilning yanvar oyida o'sha vaqtdagi sevgilisining ikki yoshli qizi uchun tez tibbiy yordam chaqirgan. Kirnan qizaloqni xushsiz topib olganini malum qilgan. Biroq keyinchalik mutaxassislarning xulosasiga ko'ra, bola olgan jarohatlar tasodifiy bo'lishi mumkin emasligini aniqlangan. Surishtiruv natijalariga ko'ra, futbolchi 2 yoshli qizga yomon munosabatda bo'lgan.
Havola :
Fikrlar