22 mar 17:54
Yangiliklar
Futbol
"Arsenal" PSJ yulduziga qiziqmoqda
"Arsenal"ning bir necha vingeri Gabriel Martinelli, Leandro Trossard, Gabriel Jezus va Itan Nvaneri kelgusi yozda klubdan ketishi mumkinligi haqida gap-so'zlar tarqaldi.
SHu sababli "Arsenal" yangi vinger jalb qilish haqida o'ylamoqda va jurnalist Fabricio Romano malum qilishicha, londonliklar PSJ vingeri Xvicha Kvaracxeliyaga qiziqish bildirmoqda.
Biroq Romano Xvicha Kvaracxeliyaning "Arsenal"ga yozda o'tish extimoli juda past ekanligini ham malum qildi. Sababi PSJ ham o'z etakchilaridan birini hali sotish niyatida emasligini malum qilgan.
25 yoshli futbolchining PSJ bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilning yozida yakunlanadi. Futbolchi joriy mavsum 37 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 12 ta gol va 7 ta assist bor.

Havola :
Fikrlar