30 mar 10:00
Yangiliklar
Futbol
"Arsenal"ning 11 futbolchisi FIFA kunlarida jarohat oldi
FIFA kunlari sabab milliy terma jamoalar ixtiyorida bo'lgan "Arsenal" klubining 11 nafar futbolchisi turli darajada jarohat orttirib olgan.
Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.
Nashr malumotlariga ko'ra, Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Martin Subimendi milliy jamoada jarohat olgan. SHuningdek, klubga jarohat bilan qaytib kelganlar orasida Bukayo Saka, Deklan Rays va Noni Madueke ham bor. Ulardan tashqari, Vilyam Saliba, Gabriel Magalyayns, Leandro Trossard, Eberechi Eze, Martin Edegor, Yurrien Timber va Pero Inkape ham sog'lig'ida muammolarga duch kelgan.
Hozirgi vaqtda "Arsenal" Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab turibdi. Jamoa hisobida 70 ochko bor. "To'pchilar" Angliya Kubogi va CHempionlar ligasida ham ishtirok etmoqda.

Havola :
Fikrlar