10 mar 17:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Arslanbek Mahmudov Golden Boy bilan shartnoma imzoladi
Rossiyalik superog'ir vazn toifasidagi bokschi Arslanbek Mahmudov Amerikaning Golden Boy Promotions kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi.
30 yoshli Mahmudovning promouterlari Kanadaning Eye of the Tiger Management kompaniyasi bilan hamkorlik qilib keladi. Endi ikki promouterlik kompaniyasi Arslanbekning janglarini tashkil qilish bilan shug'ullanadi.
Malumot uchun, Mahmudov professional boksdagi faoliyatini 2017 yili Kanadada boshlagan. Hozir uning hisobida 10 ta g'alabadan 10 ta nokaut bor. U so'nggi jangida sobiq jahon chempioni, nigeriyalik Semyuel Piterni birinchi raundning o'zida texnik nokautga uchratgan edi.
Havola :
Fikrlar