22 mar 13:42
Yangiliklar
Futbol
Arteta Liga kubogini yutishga ishonmoqda
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Liga kubogini yutishga ishonch bildirmoqda.
"Men haqiqatan tayyorman va biz buni amalga oshiramiz deb ishonaman. Ushbu sovrin uchun bor kuchimizni beramiz va uni uyga olib kelishga harakat qilamiz. SHuning uchun biz hammamiz juda hayajondamiz, chunki nima uchun kurashayotganimizni bilamiz. Keyingi qadamni qo'yish, keyingi o'yinni yutish qoldi. Jamoa mart oyi oxirida yana to'rtta sovrin uchun kurashda davom etayotganidan xursandman. Bu hal qiluvchi lahzalardan biri, chunki oxirida faqat sovrin yutish yoki yutishmaslik mumkin", - dedi Arteta.
Eslatib o'tamiz, final bugun 21:30 da Londondagi muhtasham "Uembli" stadionida boshlanadi.

Havola :
Fikrlar