04 iyu 08:40
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/13778_220.jpg)
Artur Abraxam va Kris Yubank ringda to'qnash kelishi mumkin
Professional boksning ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Artur Abraxamning navbatdagi jangi chempionlik jangi bo'lishi mumkin.
Germaniyalik 37 yoshli bokschi ikkinchi o'rta vazn toifasida IBO yo'nalishi chempioni britaniyalik Kris Yubankka qarshi ringga ko'tarilishi mumkin. Ayni paytda bokschilarning rasmiy vakillari muzokara olib borishyapti.
Malumotlarga ko'ra, mazkur chempionlik jangi 15 yoki 22 iyul kuni o'tkaziladi. Abraxam o'zining so'nggi jangida 30 yoshli hamyurti Robin Krasnichini mag'lub etgandi. 27 yoshli Yubank avstraliyalik Renold Kinlenni nokautga uchratgan edi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar