16 sen 13:59
Yangiliklar
Futbol
Artur oradan ikki hafta o'tib "Liverpul"ga kerak bo'lmay qoldi
Yarim oy avval "Yuventus"dan bir yilga ijara olingan yarim himoyachi Artur Melo borasida Yurgen Kloppning fikri butunlay o'zgardi.
"Qizillar" 26 yoshli futbolchini transfer oynasi dedlaynida maydon markazidagi muammolarini qisman bartaraf etish uchun ijaraga olgandi. Jamoa uni bu nuqtadagi o'yinidan qoniqmadi va u bilan tuzilgan shartnoma yanvar oyidayoq tugatilishi mumkin.
Mersisaydliklar markaziy yarim himoyaga munosib nomzod izlash masalasini kelasi yozga qoldirgandi. Biroq ular qishda bu bo'yicha ishga kirishadigan ko'rinadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar