08 may 17:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Arum Fyuri uchun kim raqib bo'lishi mumkinligi haqida gapirdi
Tayson Fyurining promouteri Bob Arumning fikricha, Daniel Dyubua bokschi uchun ringda yaxshigina qarshilik ko'rsatgan bo'lardi.
"Birinchi navbatda yirik bokschini tanlash kerak, maydalari shart emas. Tayson ularning ustiga shunchaki o'tirib olishi mumkin. Bizga boks tushishni biladiganlar kerak. U kuchli zarbaga ega yaxshi bokschi bo'lishi lozim.
Fyuriga ajoyib zarbaga ega, lekin yomon boks tushadigan raqib kerak emas. Uaylderga qarshi jangda u bunday sportchilar bilan qanday jang qilish kerakligini ko'rsatib qo'ydi.
Men Fyurining Dyubuaga qarshi jangini ko'rishni istardim. Daniel boks tushishni biladi, u yirik va yaxshi zarbaga ega. U bir yildan so'ng Taysonga munosib qarshilik ko'rsata oladi. Bu qiziqarli jang bo'lardi", - dedi Arum.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar