18 apr 10:56
Yangiliklar
Boks/MMA

Arum Lomachenko - Lopes jangi sanasi bo'yicha xabar berdi
Katta ehtimol bilan engil vazn toifasidagi birlashtiruvchi chempionlik jangi shu yilning kech kuzida o'tkaziladi.
Mashhur promouter Bob Arum engil vazn toifasida WBO, WBA va WBC yo'nalishlari chempioni Vasiliy Lomachenko hamda IBF kamari sohibi Teofimo Lopes o'rtasidagi birlashtiruvchi chempionlik jangining qachon o'tkazilishi haqida berilgan savolga javob berdi.
"Kommini hali hech kim nokautga uchratmagan. Lekin bu bir kun baribir sodir bo'ladigan xodisa. Biz Lomachenko - Lopes jangini 30 may kuni o'tkazishni rejalashtirgandik. Lekin koronavirus sabab bu reja amalga oshmay qoldi. Hozir sentyabr yoki oktyabr oyini mo'ljallab turibmiz", - dedi Arum FightHype.com saytining YouTube-kanaliga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar