23 mar 10:04
Yangiliklar
Boks/MMA

Arum Pakyao haqida: Qariyani o'z xoliga qo'ying!
Amerikalik taniqli promouter Bob Arum yarim o'rta vaznda WBA chempioni Menni Pakyao haqida fikr bildirdi.
Filippinlik afsona navbatdagi jangini WBO chempioni Terens Kroufordga qarshi o'tkazishi lozim.
"Pakyao ortiq jang o'tkazishni istamayapti. Qariyani o'z xoliga qo'ying. U Kroufordga qarshi ringga chiqmoqchi emas. Men unga promouterlik qilgan vaqtimda ham unda bu istak yo'q edi. Buni qo'rqoqlikka ham yo'ymaslik kerak. Pakyao ajoyib bokschi, lekin Krouford kuchliroq. Buni yosh bilan izohlasa ham bo'ladi", - deya Arumning so'zlarini keltirmoqda Boxing 24/7.
Eslatib o'tamiz, Menni Pakyao o'zining so'nggi jangini o'tgan yilning iyul oyida o'tkazgandi. O'shanda filippinlik Kit Turmanni mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Fikrlar