20 iyu 10:47
Yangiliklar

Askarov yangi UFC chempioni Figeyredoga "vyzov" tashladi
Askarov yakshanba tongidagi g'alabasidan so'ng o'sha kuni UFC chempionlik kamarini qo'lga kiritgan Deyvison Figeyredoni oktagonga chorladi.
"Tashkilotning yangi chempioni Figeyredoni ajoyib ishtirok bilan tabriklayman. Men bizning vazn toifamizda yorqin jang namoyish etadigan, muxlislarga yoqadigan jang ko'rsatadigan shunday yigitlar borligidan xursandman. Faxriy jangchi Jozef Benavidesga ham rahmat. Afsuski, bu erda faqat kuchlilar yashab qoladi. Figeyredo jangdan keyin UFCda faol bo'lib qolishini aytdi. Men esa u promoushenga o'rganib qolmasidan uni yo'ldan supurib tashlayman. UFC, Dena Uayt, agar Figeredoni qonini ko'rmoqchi bo'lsangiz, menga shartnoma jo'nating", — deya Instagram sahifasida xabar qoldirgan Askarov.
Eslatib o'tamiz, Figeyredo Jozef Benavidesni nokautga uchratib, vakant bo'lib turgan chempionlik kamarini qo'lga kiritgan edi. Askar Askarov esa hakamlar qaroriga ko'ra Aleshandre Pantojdan ustun kelgandi.
Fikrlar