13 noy 15:34
Yangiliklar
Tennis
ATP Finals. Medvedev ketma-ket 4 ta mag'lubiyatdan keyin g'alaba qozondi
Dunyoning to'rtinchi raketkasi Daniil Medvedev Turinda davom etayotgan ATP Yakuniy turnirining guruh bosqich ilk uchrashuvida mag'lubiyatga uchragan edi.
Rossiyalik tennischi ikkinchi turda ATP reytingida 9-o'rinda borayotgan avstraliyalik Aleks De Minaurni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/2, 6/4. Medvedev tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida katta farq bilan oldinda bormoqda - 7:3.
Etmish sakkiz daqiqa davom etgan bahsda Medvedev 3, De Minaur 1 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar ham xuddi shu ko'rinishda Daniil "foydasi"ga hal bo'ldi. Breyklar bo'yicha mutlaq ustunlik rus tennischisi tomonida bo'ldi - 3 ga 0! Medvedev qatorasiga to'rtta mag'lubiyatdan so'ng g'alaba qozondi. Endi u guruhning so'nggi hal qiluvchi uchrashuvida dunyoning birinchi raketkasi Yannik Sinnerga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar