26 may 16:28
Yangiliklar

ATP reytingi. Ikki tennischimiz ko'tarildi, Top-10`da bitta o'zgarish ro'y berdi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Humoyun Sultonov bir pog'onaga yuqorilab, 223-o'rinni egallab turibdi. Ikkinchi raketkamiz Sergey Fomin qo'lga kiritilgan 3 ochko evaziga 9 pog'onaga yuqoriladi. U o'tgan hafta ham o'z hisobiga 3 ochko qo'shib qo'yishi natijasida 18 o'ringa ko'tarilgan edi. Amir Milushev o'tgan haftadagi o'rnini saqlab qoldi. Maksim SHin 3, Rahimbek Ibrohimov esa 6 pog'onaga pastlagan.
Dunyo tennischilarining Top-10`taligida bitta o'zgarish kuzatildi. Jenevadagi chempionligini himoya qila olmagan norvegiyalik Kasper Ruud bir pog'ona pastlab, italiyalik Lorenco Muzetti bilan o'rin almashib oldi. Qolgan Top-10 tennischilar o'tgan haftadagi o'z o'rinlarini saqlab qolishdi. Reytingda hamon italiyalik Yannik Sinner katta farq bilan peshqadamlik qilyapti.
ATP reytingi. 25 may holatiga ko'ra Top-10:
1. (1) Yannik Sinner (Italiya) - 10380 ochko
2. (2) Karlos Alkaraz (Ispaniya) - 8850
3. (3) Aleksandr Zverev (Germaniya) - 7285
4. (4) Teylor Fritc (AQSH) - 4675
5. (5) Jek Dreyper (Buyuk Britaniya) - 4610
6. (6) Novak Jokovich (Serbiya) - 4230
7. (8) Lorenco Muzetti (Italiya) - 3860
8. (7) Kasper Ruud (Norvegiya) - 3655
9. (9) Aleks De Minaur (Avstraliya) - 3635
10. (10) Xolger Rune (Daniya) - 3440
O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:
223 (224). Humoyun Sultonov - 250
453 (462). Sergey Fomin - 96 (+3)
1679 (1679). Amir Milishev - 2
1737T (1734T). Maksim SHin - 2
1860T (1854T). Rahimbek Ibrohimov - 1
Fikrlar