So’nggi yangiliklar

09:46Лайлохон Собирова Осиё чемпиони! Яна икки курашчи қизларимиз ҳам шоҳсупада! (+ФОТО) 0 09:17Усик — Верхувен жанги статистикаси эълон қилинди 0 08:53Португалияда сенсация: Иккинчи дивизион вакили Кубок финалида "Спортинг"ни мағлуб этди! 0 08:28Тарихий натижа! Юнон-рум курашчиларимиз 7 та медаль билан Осиё чемпионатида биринчи бўлишди 0 08:01Ислам Махачев UFC’даги навбатдаги жанги санасини тасдиқлади 0 19:03"Жон деб". Рико Верхувен Усик билан реванш истагини билдирди 0 18:39"Челси" ва "Милан" 41 ёшли Тьяго Силвани қайтармоқчи 0 18:18"Давом этиш керак эди". Жошуа Усик — Верхувен жанги ҳақида фикр билдирди 0 17:54"Жон Жонс — ММА оламидаги Майкл Жордан" - Дана Уайт 0 17:26Сауль Альварес Усикнинг баҳсли ғалабаси ҳақида фикр билдирди 0 17:02Хаби Алонсо "Челси"га "Манчестер Сити" ярим ҳимоячисини олиб келиши мумкин 0 16:43Таэквондо терма жамоамиз Осиё чемпионатини 11 та медаль билан якунлашди 0 16:17Рико Верхувен Усик билан жанг бўйича расмий шикоят берди 0 15:43Бокс ҳамжамияти Усик - Верхувен жанги натижасига муносабат билдирди 0 15:16Пеп "Ман Сити"дан кетиши ҳақида: "Мен дам олишга лойиқман" 0

23 iyu 16:01
Yangiliklar

Tennis

ATP reytingi. Medvedev Top-10`ga qaytdi, ikki etakchimiz ko'tarildi, qolganlarda "minus"

Bugun Professional tennischilar Associaciyasi (ATP) haftalik yangi reytingni elon qildi.

Yangilangan reytingdan xuddi o'tgan haftada bo'lgani singari 8 nafar tennischimiz joy olgan. Ikki etakchi raketkamizdan tashqari qolgan tennischilarimiz reytingda pasayishdi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi Humoyun Sultonov 2, ikkinchi raqamli tennischimiz Sergey Fomin 6 o'ringa yuqoriladi. 

Uchinchi raketkamiz Maksim SHin 6, Amir Milushev 15, Batir Sapaev 5, Abdulaziz Usmonjonov 9, Damir Abdusamadov va Rahimbek Ibrohimov bir xilda 1 pog'ona quyiga "sho'ng'ishgan". 

Dunyo tennischilarining Top-10`taligida bir nechta o'zgarish kuzatildi. Galle turniri vice-chempioni rossiyalik Daniil Medvedev Top-10`ga qaytdi. Ushbu turnir chempioni bo'lgan qozog'istonlik Aleksandr Bublik Top-30`da debyut qildi. Jek Dreyper 6-pog'onadan 4-o'ringa yuqoriladi. Teylor Fritc va Novak Jokovich aksincha pastlashdi. Italiyalik Yannik Sinner hamon dunyoning birinchi raketkasi bo'lib turibdi. Karlos Alkaraz va Aleksandr Zverev kuchli uchlikdagi o'rinlarini saqlab qolishdi. London turnirida chempion bo'lgan Karlos Sinnerga ochkolar nisbati bo'yicha birmuncha yaqinashib oldi. 

ATP reytingi. 23 iyun holatiga ko'ra Top-10:

1. (1) Yannik Sinner (Italiya) - 10430 ochko

2. (2) Karlos Alkaras (Ispaniya) - 9300

3. (3) Aleksandr Zverev (Germaniya) - 6500

4. (6) Jek Dreyper (Buyuk Britaniya) - 4650

5. (4) Teylor Fric (AQSH) - 4635

6. (5) Novak Jokovich (Serbiya) - 4630

7. (7) Lorenco Muzetti (Italiya) - 4140

8. (9) Xolger Rune (Daniya) - 3530

9. (11) Daniil Medvedev (Rossiya) - 3420

10. (10) Ben SHelton (AQSH) - 3170...


O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:

228 (230). Humoyun Sultonov - 247   

445 (451). Sergey Fomin - 99  

1060 (1054). Maksim SHin - 12 

1420 (1405) Amir Milushev - 4 

1774 (1769T). Botir Sapaev - 1   

1875T (1866T) Abdulaziz Usmonjonov - 1

1969T (1968T). Damir Abdusamadov - 1 

1969 (1968T). Rahimbek Ibrohimov - 1 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing