10 okt 16:40
Yangiliklar

ATR reytingi. Teylor Fric Top-10'da debyut qildi, tennischilarimizda esa pasayish
Unga ko'ra, reytingning Top-10 ligida kichik o'zgarish kuzatildi. Amerikalik tennischi Teylor Fric 3 pog'ona yuqorilab, kuchli o'nlikda debyut qildi. Astana turniri finalchisi Stefanos Cicipas esa Top-5'ga qaytishga muvaffaq bo'ldi. Reytingni hamon ispaniyalik 19 yoshli Karlos Alkaraz boshqarib bormoqda.
Yangilangan haftalik reytingda o'zbekistonlik tennischilarning barchasida pasayish kuzatildi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi Sergey Fomin 1, Denis Istomin 8, Humoyun Sultonov 7, Sanjar Fayziev 6, Maksim SHin esa 13 o'rin pastladi.
ATR reytingi. 10 oktyabr holatiga ko'ra Top-10:
1. (1) Karlos Alkaraz (Ispaniya) - 6740 ochko
2. (2) Rafael Nadal (Ispaniya) - 5810
3. (3) Kasper Ruud (Norvegiya) - 5645
4. (4) Daniil Medvedev (Rossiya) - 5265
5. (6) Stefanos Cicipas (Greciya) - 5065
6. (5) Aleksandr Zverev (Germaniya) - 5040
7. (7) Novak Djokovich (Serbiya) - 4320
8. (11) Teylor Fric (AQSH) - 3510
9. (9) Andrey Rublyov (Rossiya) - 3480
10. (8) Kemeron Norri (Buyuk Britaniya) - 3445
O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:
364 (363). Sergey Fomin - 127
432 (424). Denis Istomin - 97
444 (437). Humoyun Sultonov - 91
908 (902). Sanjar Fayziev - 14
1153 (1140). Maksim SHin - 6
Fikrlar