16 fev 10:54
Yangiliklar
Tennis
Australian Open 2024 g'olibi Rotterdamda 1/4 finalga chiqdi
Niderlandiyaning Rotterdam shahrida tennis bo'yicha ATP turniri davom etmoqda.
Dunyoning to'rtinchi raketkasi, Australian Open turnirining amaldagi g'olibi Yannik Sinner musobaqaning chorak final ishtirokchisiga aylandi. Italiyalik tennischi ATP reytingida 70-pog'onada borayotgan franciyalik Gael Monfisni uch setda mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 3/6, 6/3.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Sinner katta farq bilan oldinda bormoqda - 5:1. Bir soatu 54 daqiqa davom etgan bahsda Sinner 3, Monfis 6 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Bu Yannikning ketma-ket 12-g'alabasi bo'ldi. Endi u 1/2 final chiptasi uchun kanadalik Milosh Raonichga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar