04 may 09:07
Yangiliklar
Yannik Sinner Madrid "Masters" chempioni!
Italiyalik tennischi hal qiluvchi final uchrashuvida ATP reytingida uchinchi o'rinni egallab turgan germaniyalik Aleksandr Zverevni juda osonlik bilan mag'lubiyatga uchratdi - 6/1, 6/2. Sinner tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi ustunligini yanada yiriklashtirdi - 10:4.
Bor yo'g'i 58 daqiqa davom etgan bahsda Sinner 8, Zverev 2 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala raketka ustasi ham bittadan qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Breyklar bo'yicha mutlaq ustunlik g'olib tomonida bo'ldi - 4 ga 0.
Etiborlisi, Sinner ketma-ket beshinchi "Masters" turnirida chempionlikka erishdi. Yannik Madriddagi chempionligidan 535 585 evro mukofot puli hamda 650 reyting ochkosi ishlab oldi. Zverev esa 400 ochko hamda 297 550 evroga ega chiqdi.

Fikrlar