26 jan 16:16
Yangiliklar
Tennis
Australian Open mikst bahslarida g'oliblar aniqlandi
"Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionatining mikst, yani aralash juftlik bahsarida chempionlar aniqlandi.
Xitoy Taypeyi vakilasi Se Su-Vey hamda polshalik Yan Jelinski Australian Open bosh sovrini sohibiga aylanishdi. Ular hal qiluvchi final uchrashuvida amerikalik Dezayr Kravchik va britaniyalik Nil Skupski tandemini 6/7(5), 6/4, 11:9 hisoblarida mag'lub etishdi.
Uchrashuv roppa-rosa ikki soat davom etgan. Se Su-Vey/Jelinski 3, Kravchik/Skupski juftligi esa 5 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Melburndagi muvaffaqiyatli ishtirok Se Su-Vey va Jelinskiga 2000 reyting ochkosi hamda 165,000 Avstraliya dollari miqdorida mukofot puli keltirgan.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar