24 sen 10:31
Yangiliklar
Avstraliya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Endi kengurular yurtini 51 yoshli mutaxassis Toni Popovich boshqarib boradi. U terma jamoa bilan JCH-2026 saralash bahslari yakuniga qadar shartnoma imzoladi. Agar Avstraliya terma jamoasi jahon chempionatiga yo'llanma olsa, kelishuv yana uzaytiriladi.
Popovich boshchiligida jamoaning ilk uchrashuvi 10 oktyabr kuni Xitoyga qarshi bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, Avstraliya terma jamoasi JCH-2026 saralashning 3-bosqichini omadsiz boshlaganidan so'ng Grem Arnold o'z lavozimidan ozod etilgandi. JCH-2026 saralash bosqichi 3-bosqichining dastlabki ikki o'yinida Avstraliya atigi 1 ochko to'plagandi. Terma jamoa Bahraynga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib, Indoneziya bilan 0:0 hisobida durang o'ynadi.
Fikrlar