01 avg 19:26
Yangiliklar
Tokio-2020, Suv sporti turlari, Olimpiya o'yinlari
Avstraliyalik suzuvchi Tokioda 4 ta oltin va 3 ta bronza medali qo'lga kiritdi
Avstraliyalik suzuvchi ajoyib natija qayd etmoqda.
Avstraliyalik suzuvchi Emma Makkeon Tokio Olimpiadasida 4 ta oltin va 3 ta bronza medallarini qo'lga kiritishga ulgurdi. Emma Makkeon 50 va 100 metrlarga erkin uslubda suzish bahslarida oltin medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, 100 metrga baterflyay uslubda suzishda bronza medaliga ega chiqdi.
Sportchi jamoaviy bahslarda ham 2ta oltin va 2ta bronzani qo'lga kiritishga ulgurdi.
Ajablanarlisi shuki, bu hali hammasi emas. Sportchi ushbu Olimpiya o'yinlarida ikki rekord muallifiga ham aylandi. 50 va 100 metrlarga erkin uslubda suzishda harakat qilgan Emma Makkeon ikkala yo'nalishda ham Olimpiya rekordlarini yangiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar