18 noy 12:29
Yangiliklar
Avstriya terma jamoasi afsonaviy hujumchisi o'z joniga qasd qildi
Madridning "Atletiko" klubi va Avstriya terma jamoasi sobiq hujumchisi Gerxard Rodaks vafot etdi.
Rodaks soatiga 150 kilometr tezlikda ketayotgan poezd g'ildiraklari ostida halok bo'ldi. Haydovchi o'z vaqtida tezlikni pasaytirish imkoniyatiga ega bo'lmagan, deb xabar berdi SportORF.
57 yoshli sobiq o'yinchi bir necha kun oldin og'ir kasallikka chalingani haqida xabar topgach shunday qarorga kelgani aytilmoqda. Rodaks futbolchilik faoliyati davomida Avstriyaning "Rapid" va "Admira Vakker" klublarida, shuningdek, Madridning "Atletiko" jamoasida o'ynagan.
Milliy terma jamoa tarkibida u 20 ta o'yin o'tkazdi va Avstriyaning Jahon chempionati final qismi – 1990 yilgi Jahon chempionati doirasida AQSH darvozasini ishg'ol qilib (2:1), so'nggi g'alaba goli muallifi bo'lib qolmoqda.
Fikrlar