10 iyu 13:08
Yangiliklar
Boks/MMA

Avtandil Xurcidze xibsga olindi, chempionlik jangi bekor qilindi
Professional boksning o'rta vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni britaniyalik Billi Jo Sondersning 8 iyulga belgilangan chempionlik himoya jangi o'tkazilmaydi.
Sonders gruziyalik davogar bokschi Avtandil Xurcidzega qarshi ringga ko'tarilishi kerak edi. Lekin Xurcidze jinoyatchilikda ayblangan 33 kishi qatorida xibsga olingan. Ayblov o'zi ichiga reket, bosqinchilik, o'g'irlik, narkotik savdosi, o'q otar qurollarni noqonuniy saqlash kabi bir nechta yo'nalishlarni oladi.
Malumot uchun, Sonders - Xurcidze jangi 8 iyul kuni Angliyada o'tkazilish kerak edi. Agar Xurcidze bu ishlarda aybsiz deb topilsa, jang kechroq muddatda o'tkaziladi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar