13 dek 08:24
Yangiliklar
Formula-1, Fotogalereya
Avtosport olamining eng kuchlilari Toshkentda taqdirlandi + FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi "Humo Arena" saroyida Xalqaro avtomobil federaciyasi (FIA)ning yil yakunlariga bag'ishlangan tarixiy tadbir o'tkazildi.
Ushbu nufuzli marosim Markaziy Osiyoda birinchi marta tashkil etilgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
So'nggi yillarda O'zbekiston yirik xalqaro sport tadbirlarini yuqori saviyada o'tkazib kelayotgani tufayli sport olamida mamlakatimizning o'rni sezilarli darajada mustahkamlanmoqda. FIA marosimining Toshkentda o'tkazilishi ham aynan shu ishonch va obro'ning yana bir tasdig'i bo'ldi.
Bu yilgi taqdirlash marosimi o'ziga xos tashkil etilib, 7 ta yo'nalish bo'yicha chempionlik mashinalarining asl nusxalari Toshkentga olib kelindi. Marosim davomida turli yo'nalishlarda yuqori natijalar qayd etgan poygachilar va jamoalar tantanali ravishda taqdirlanishdi.




















Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar