25 avg 15:29
Yangiliklar
Futbol
"Ayaks" futbolchisi "MYU"ga o'tishni istamoqda
Amsterdamning "Ayaks" klubi futbolchisi Antoni "Manchester Yunayted"ga o'tishni istayapti.
22 yoshli braziliyalik futbolchi shu sababdan klubidan tezroq mankunianliklar bilan kelishib olishlarini va yaqin 2 kun ichida barchasini hal qilib berishlarini so'ramoqda.
Futbolchining o'zining transferi klubiga ham o'ziga ham foydali bo'lishini aytgan. Antonining vakillari esa Manchesterdan uy qidirishni boshlab yuborgan.
Oldinroq malum qilinganidek, "Yunayted" Antoni uchun 94 million evro to'lashga tayyor turibdi. Uning klubi bilan kelishuvi 2025 yil yoziga qadar amal qiladi.
Havola :
Fikrlar