02 avg 07:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Ayni daqiqalarda o'tkazilayotgan UFC Fight Night 173 turniri doirasidagi jang bekor qilindi
Ayni shu soniyalarda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida aralash qoidalar bo'yicha UFC Fight Night 173 turniri bo'lib o'tmoqda.
Qizig'i, jangga bir necha soat qolganida oqshom doirasidan o'rin olgan Xerman – Mirshert bahsi koronavirus sabab bekor qilindi. Asosiy karddan o'rin olgan ushbu jangda Ed Xerman Jerald Mirshertga qarshi oktagonga chiqishi lozim edi.
Afsuski, Mirshertda koronavirus aniqlangani bois ushbu jang bekor qilindi. Jeraldning COVID-19 uchun topshirgan test tahlili ijobiy natija bergan. Kechaning markaziy jangi Derek Branson va Edmen SHaxbazyan o'rtasida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar