30 apr 16:48
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari
Ayni paytda O'zbekistonda Tokio Olimpiadasi uchun nechta licenziya bor?
Xabaringiz bor, kelasi yilda Yaponiya poytaxti Tokio shahrida XXXII yozgi Olimpiya o'yinlari bo'lib o'tadi.
Muxlislarimizni ayni paytda O'zbekiston delegaciyasi hisobida nechta yo'llanma bor ekanligi haqidagi savol qiziqtirayotgani shubhasiz.
30 aprel holatiga ko'ra, O'zbekiston hisobida Tokio Olimpiadasiga 2 ta licenziya mavjud.
Ulardan biri tennischimiz Denis Istominga tegishli bo'lsa, ikkinchisi velosportchimiz Olga Zabelinskayaniki.
Istomin Tokio Olimpiadasi licenziyasini 2018 yilgi Osiyo o'yinlarida qo'lga kiritgan bo'lsa, Olga Zabelinskaya bir necha kun oldin poytaxtimizda yakunlangan Osiyo chempionatida Olimpiada yo'llanmasi masalasini hal qildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar