So’nggi yangiliklar

20:30Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон АҚШни, Ўзбекистон-2 эса Нидерландияни мағлуб этди (барча натижалар) 0 19:07Осиё ўйинларининг еттинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 18:55Осиё ўйинларининг олтинчи кунидан сўнг медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 18:20Осиё ўйинларининг олтинчи кунини 5 та медаль билан тугатдик 0 18:17Европанинг етакчи лигалари ФИФА бошқарувини ислоҳ қилишни талаб қилмоқчи 0 17:59Осиё ўйинларининг эртанги кунида икки боксчимиз рингга чиқади 0 16:22АҚШга кетган Достон Бозоровнинг Octagon 92 турниридаги рақиби маълум бўлди 0 15:01Амирхон Алихўжаев Mangu 5 турнирида жанг қилади, рақиб яна Россиядан 0 13:30Ўзбекистон тарихда илк бор Эронга 3 та гол урди 0 12:41Абдусатторов Каруанага қарши, Ваҳидов Аниш Гири билан ва барча жуфтликлар аниқ бўлди 0 11:22Расман! Тайсон Фьюри ва Энтони Жошуа ўртасидаги узоқ кутилган жанг ниҳоят эълон қилинди! 0 10:47Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон бугун АҚШга қарши ўйнайди ва бошқа жуфтликлар 0 21:50Осиё ўйинларининг эртанги куни ҳам биз учун медалларга бой ўтиши кутилмоқда (спортчилар рўйхати) 0 21:30Осиё ўйинларининг бешинчи кунидан сўнг медаллар жамғариш рейтингида яхшигина кўтарилдик 0 20:57Футбол. Ўзбекистон ўртоқлик ўйинида Эронни мағлуб этди 0

17 mar 13:31
Yangiliklar

Futbol

Ayollar Jahon chempionati endi orzu emas!

Teglar :  O'zbekistonFIFA
FIFA bayrog'i ostidagi eng nufuzli turnirlardan biri Ayollar futboli bo'yicha Jahon chempionati hisoblanadi.

Janni Infantino FIFA prezidenti etib saylanganidan buyon ayollar futboliga juda katta etibor berib kelmoqda.

SHu kunlarda Avstraliyada navbatdagi ayollar Osiyo chempionati bo'lib o'tayotganidan xabaringiz bor. 1 mart kuni start olgan ushbu musobaqa 21 mart kuni o'z nihoyasiga etadi. 13-14-15 mart kunlari musobaqaning chorak final uchrashuvlari o'tkazilib, yarim finalga chiqqan jamoalar nomi malum bo'ldi. CHorak finalda to'rtta o'yin o'tkazilgan bo'lsa, to'rtta g'olib jamoa - Janubiy Koreya, Yaponiya, Avstraliya va Xitoy to'g'ridan to'g'ri 2027 yil Braziliyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Jahon chempionati uchun Osiyoga 6ta to'g'ri yo'llanma ajratilgan bo'lib, yana ikkita yo'llanma sohibi 19 mart kungi Osiyo chempionati pley-off bahslarida malum bo'ladi. Bunda O'zbekiston - Filippin, KXDR - Xitoy Taypeyi uchrashuvlari bo'lib o'tadi. Yarim final o'yinlari 17-18 mart kunlari o'tkazilishini hisobga olsak, undan keyin chorak finalda mag'lub bo'lganlar o'rtasida pley-off o'yini bo'lib o'tadi.

O'zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo chempionatida zo'r ishtirok etib, hammani lol qoldirgani yo'q. Biz guruh bosqichida SHimoliy Koreya bilan Xitoyga 0:3 hisobida yutqazib, Bangladeshni 4:0 hisobida mag'lub etgach, eng yaxshi ko'rsatkich evaziga chorak finalga yo'l oldik. Agar chorak finalda Janubiy Koreyani mag'lub etganimizda allaqachon JCH yo'llanmasini qo'lga kiritgan bo'lardik. Lekin koreyaliklar bizga javobsiz 6ta gol urishdi.

SHunday bo'lsa-da, tarixda birinchi bor Jahon chempionatiga borish umidi hali so'ngani yo'q. Buning uchun Yaponiya javobsiz 7ta to'p kiritgan Filippinni o'tish o'yinida mag'lub etsak kifoya. Qizig'i shundaki, mabodo Filippinga yutqazib qo'yilgan taqdirda ham Jahon chempionatiga chiqish imkoniyati yo'qolib qolmaydi. Faqat buning uchun xalqaro Konfederaciyalar pley-off turnirida g'olib chiqishimizga to'g'ri keladi.


Jahon chempionati haqida malumot

FIFA ayollar chempionati 1991 yildan buyon har to'rt yilda bir marta o'tkazib kelinadi. Bungacha ushbu musobaqa 2023 yil Avstraliya/Yangi Zelandiya qo'shmezbonligida o'tkazilgan bo'lib, 32ta jamoa qatnashgandi. Darvoqe, aynan FIFAning hozirgi rahbari Infantino say-harakati sabab Ayollar JCHda ishtirokchilar soni 32taga oshirildi. Masalan, undan oldin Franciya mezbonlik qilgan mundialda 24ta jamoa ishtirok etgandi.

Navbatdagi Jahon chempionati 2027 yil 24 iyun - 25 iyul oralig'ida Braziliyada o'tkaziladi. FIFA tomonidan Osiyoga 6ta to'g'ri yo'llanma berilganini aytib o'tdik. 32ta jamoa qatnashadigan Jahon chempionatida jamoalar to'rttadan 8 guruhga bo'linadi va har bir guruhdan ikkitadan jamoa keyingi bosqichga yo'l oladi. Malumot uchun, ushbu mundial o'ninchi xalqaro musobaqa hisoblanadi.


Kvotalar

2024 yil 10 dekabr kuni FIFA xalqaro qo'mitasi yig'ilish o'tkazib, 32ta jamoani qanday aniqlab olish bo'yicha bir to'xtamga keldi. Unga ko'ra, kvotalar quyidagi tartibda ajratildi:

Osiyo - 6ta

Afrika - 4ta

SHimoliy va Markaziy Amerika - 4ta

Janubiy Amerika - 3ta (mezbon bilan birga)

Okeaniya - 1ta

Evropa - 11ta

Xalqaro Konfederaciyalar pley-off turniri - 3ta (Bunda Osiyo, Afrika, SHimoliy va Markaziy Amerika hamda Janubiy Amerikadan 2tadan jamoa, Okeaniya, Evropadan 1tadan jamoa qatnashadi). Yakunda 10ta jamoa qo'shimcha 3 yo'llanma uchun kurash olib boradi va shunday qilib ishtirokchilar soni 32taga etkaziladi.


Hozircha 5ta jamoa malum

Navbatdagi Ayollar Jahon chempionatida ishtirok etuvchi 32 jamoadan hozircha beshtasi malum. Mezbon Braziliyadan tashqari Avstraliya, Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya ayollar terma jamoalari yaqinda yo'llanma sohibi bo'lishdi. Agar 19 mart kuni biz Filippinni mag'lub etsak, bu jamoalar qatoriga O'zbekiston ayollar terma jamoasi ham qo'shiladi.

Boshqa qitalardan to'liq ishtirokchilar soni keyinroq - masalan, Afrikada avgust oyida, SHimoliy va Markaziy Amerikada noyabrda, Janubiy Amerikada iyunda, Okeaniyada aprelda, Evropada dekabrda malum bo'ladi. Qo'shimcha xalqaro konfederaciyalar pley-off o'yinlari esa shu yilning noyabr oyida start olib, 2027 yil fevralda tugaydi. Xullas, hali buyoqda gap ko'p. Biz esa ikki-uch kun sabr qilsak kifoya, O'zbekiston JCH yo'llanmasini yutish-yutmasligini ko'rib olamiz.


Xayrulla Xoliqov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing