06 mar 15:48
Yangiliklar
Futbol
Ayollar o'rtasidagi Osiyo Kubogi. O'zbekiston Xitoyga yirik hisobda taslim bo'ldi
Kotrina Kulbite qo'l ostidagi O'zbekiston terma jamoasi musobaqa 2-turida Xitoy bilan ro'baro' keldi.
Unda xitoyliklar 3:0 hisobida zafar quchdi va guruhda ikkinchi o'ringa joylashdi. SHunday qilib, O'zbekiston bu turda ham yirik hisobda yutqazdi va pley-offga chiqish imkoniyatini pasaytirib yubordi. Kulbite shogirdlari ilk turda KXDRga imkoniyatni boy bergandi (0:3).
Terma jamoa 9 mart kuni 3-turda Bangladeshga qarshi bahs yuritadi va yirik hisobdagi g'alaba guruhdan 3-o'rin bilan chiqish uchun etarli bo'lishi mumkin (eng yaxshi ikkita 3-o'rin egasi pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritadi).
O'zbekiston – Xitoy 0:3
Gollar: SHao Zikin 30', Li Kinton 51', 77'



Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar