12 sen 08:05
Yangiliklar
Tennis
Ayollar o'rtasidagi US Open juftlik bosh sovrini CHexiyaga ketdi
"Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi AQSH Ochiq chempionatining ayollar o'rtasidagi juftlik bahslarida chexiyalik tennischilar bosh sovrin sohibasiga aylanishdi.
Barbora Kreychikova va Katerjina Sinyakovadan iborat tandem hal qiluvchi final uchrashuvida amerikaliklar Keti Makneyli hamda Teylor Taunsend juftligini 3/6, 7/5, 6/1 hisobida taslim etib, US Open bosh sovrinini boshlari uzra baland ko'tarishdi.
Nyu-York kortlaridagi ikki haftalik mehnat Kreychikova va Sinyakovaga 2000 reyting ochkosi hamda 688,000 dollar mukofot puli keltirdi. Bu juftlik joriy mavsumda 4 ta "Katta Dubulg'a" turniridan uchtasida chempionlik shohsupasiga ko'tarilishdi. Bungacha ular Australian Open va "Uimbldon"da ham chempion bo'lishgan edi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar