So’nggi yangiliklar

20:07Бивол ва Бетербиев 2025 йил охиригача трилогияда иштирок этади (ТАСС) 0 19:45Суперлиганинг 3-тур ўйинлари саналари маълум бўлди 0 19:24ФҚБ ўз агентларининг жанговар тайёргарлигини ошириш учун UFC билан ҳамкорлик қилиши мумкин 0 19:00Дзюдочиларимиз "Tashkent Grand Slam" турнирининг иккинчи кунида учта медаль қўлга киритишди. Рейтингдаги ўрнимиз қандай? 2 18:39UFC бирйўла 6 нафар жангчини ташкилотдан ҳайдади 0 18:17Азалий рақиблар қарама-қаршилиги: "Пахтакор" - "Ал Ҳилол" ўйинига тайёрмисиз? 0 17:53Виржил Ортис: "Мен уни яна жанг қилишини кўришни хоҳламайман" 0 17:25Арман Дюплантис таяниб сакрашда янги Жаҳон рекордини ўрнатди 0 17:02Бокс юлдузи Турки ал аш Шайҳга "тош отди" 0 16:38"Челси" 17 ёшли футболчи учун 15 млн. евро тўлайди 0 16:16Руслан Абдуллаев проф боксда дебют қилади 0 15:52VI Ислом бирдамлик ўйинларининг санаси ва ўтказиладиган шаҳри тасдиқланди 0 15:28Турки Нью-Йоркда катта бокс оқшоми ташкил этади: унда Райан Гарсия, Хейни, Лопес ва бошқалар жанг қилади 0 15:05Саудия Арабистони чемпионатида Тоуни ва Бензема Роналдуга деярли етиб олишди 0 14:41Дзюдо. "Tashkent Grand Slam". 2 вакилимиз финалда, 4 нафар юртдошимиз бронза учун курашади 0

01 mar 18:17
Yangiliklar

Futbol

Azaliy raqiblar qarama-qarshiligi: "Paxtakor" - "Al Hilol" o'yiniga tayyormisiz?

Teglar :  PaxtakorAl Hilol
4 mart (seshanba) kuni "Jar" stadionida Elit OCHL 1/8 finaldan o'rin olgan "Paxtakor" - "Al Hilol" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Muborak Ramazon oyi munosabati bilan o'yin boshlanish vaqti muxlislarga qulaylik tug'dirishi uchun 21:00ga belgilangan.

"Paxtakor" umid uyg'otdi

17 fevral kuni "Paxtakor"ning shu stadionda "Al Sadd"ni mag'lub etgani zo'r voqea bo'ldi. Avvalgi o'yinlardagi natijalardan kelib chiqib biz hali Elitga tayyor emasmiz degan fikr paydo bo'lgandi. Hartugul "Paxtakor"ning g'alabasi va shu g'alaba bilan kuchli sakkizlikka kirib olishi umid uchqunlarini uyg'otdi. Yo'q, bizning futbol hali to'xtab qolgani yo'q. Biz ham futbol o'ynay olamiz. Bizning ham Osiyoda o'z aytar so'zimiz bor. 20 yildan oshdiki, Osiyo chempionlar Ligasida nimadir qilishga harakat qilib kelyapmiz. 

SHunday bo'ldiki, 12ta jamoa ishtirok etgan G'arb mintaqasi Elit OCHL o'yinlarida barcha jamoalar 8tadan o'yin o'tkazib, shundan 8ta jamoa keyingi bosqichga yo'l oldi. "Paxtakor" 8-bo'lib zanjirga ulanib oldi. Buni qarangki, ikkita o'yinda g'alaba qozongan "Al Garafa" poezddan tushib qoldi. "Persepolis", "Al SHorta", "Al Ayn" ham sakkizlikka kira olmadi. Ayniqsa OCHLning amaldagi g'olibi "Al Ayn" juda bo'sh o'yin ko'rsatdi: ikki durang va 6 mag'lubiyat. Uchta klubda bir xil 7 ochkoli ko'rsatkich yuzaga keldi va "Paxtakor"ni to'plar nisbatining birmuncha yaxshiligi keyingi bosqichga etakladi. 

Keyingi bosqichga chiqqan jamoalar:

"Al Hilol" (Saudiya Arabistoni)

"Al Ahli" (Saudiya Arabistoni)

"Al Nassr" (Saudiya Arabistoni)

"Al Sadd" (Qatar)

"Al Vasl" (BAA)

"Istiqlol" (Eron)

"Al Rayan" (Qatar)

"Paxtakor" (O'zbekiston)

Malumot uchun: 1/8 finalning birinchi o'yinlari 3-4 mart, javob uchrashuvlari esa 10-11 mart kunlari bo'lib o'tadi. Juftliklar quyidagicha ko'rinish olgan:

3 mart. "Istiqlol" - "Al Nassr" (javob o'yini 10 mart)

3 mart. "Al Vasl" - "Al Sadd" (javob o'yini 10 mart)

4 mart. "Paxtakor" - "Al Hilol" (javob o'yini 11 mart)

4 mart. "Al Rayan" - "Al Ahli" (javob o'yini 11 mart)

Bu o'yinlar o'tib bo'lganidan so'ng chorak finaldan boshlab, yarim final va final o'yinlari markazlashgan tartibda faqat Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi. CHunki OFK shunday qarorga kelgan. SHu bois ham chorak final va undan keyingi o'yinlar OCHL Elit final bosqichi deb yuritilyapti.

SHunday qilib 4 mart kuni "Paxtakor" Elit OCHLning eng kuchli jamoasi "Al Hilol"ga qarshi bahs olib boradi. Sarlavhani bejizga azaliy raqiblar to'qnashuvi demadik. Sababi har ikki klub Osiyo chempionlar Ligasida o'zining 20-mavsumini o'tkazyapti. To'g'ri, musobaqa formati o'zgarib o'tgan yildan Elit deya yuritila boshlandi, lekin bu biz aytishga o'rganib qolgan Osiyo chempionalar Ligasining mantiqan davomi bo'lgani uchun avvalgi tarixdan voz kecha olmaymiz. Qolaversa "Paxtakor" shu paytgacha "Al Hilol"ga qarshi 8 bor bahs olib borgan.


"Al Hilol" hozir ham kuchlimi? 

Ha, kuchli. Bu jamoa bejizga OCHL Elit birinchi bosqich o'yinlarini birinchi o'rinda yakunlamadi. 8ta o'yinning 7tasida g'alaba qozongan "Al Hilol" yana bir durang bilan 22 ochko jamg'ardi. Saudiyaliklar hali yutqazgani yo'q. Ichki chempionatda "Al Hilol" hozircha 2-o'rinda va hamon chempionlik uchun kurashyapti.

Yana bir jihati - "Al Hilol" "Paxtakor"ga nisbatan ko'proq o'yin amaliyotiga ega. CHunki "Paxtakor" 17 fevral kuni "Al Sadd"ni mag'lub etganidan beri boshqa rasmiy bahsda ishtirok etmadi. "Al Hilol" esa 18 fevral oqshomida BAAning "Al VAsl" klubini mag'lub etib qaytganidan so'ng yana 3ta rasmiy o'yinda maydonga tushdi. 

18 fevral. Elit OCHL. "Al Vasl" - "Al Hilol" 0:2

22 fevral. Saudiya Ligasi. "Al Ittihod" - "Al Hilol" 4:1

25 fevral. Saudiya Ligasi. "Al Hilol" - "Al Xolud" 5:1

1 mart. Saudiya Ligasi. "Al Hilol" - "Al Ahli" 2:3

Demak, bu jamoa oxirgi bir haftada uchta o'yin o'tkazgan bo'lib chiqyapti. Endi shu to'rtta o'yinga qisqacha to'xtalib o'tamiz.

"Al Vasl" - "Al Hilol" 0:2

"Al Hilol" safarda Amirlik klubini 2:0 hisobida mag'lub etib qaytdi. Gollar Markos Leonardo va Salim Al Dovsari hisobiga yozildi. Darvoqe, Salim Al Dovsari Osiyodagi eng kuchli futbolchilardan biri hisoblanadi. U milliy terma jamoada ham yaxshi o'ynaydi. Qolaversa hozirgi paytda 7ta gol bilan OCHL Elit musobaqasining eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi. Malumot uchun, Krishtianu Ronaldu hisobida 6ta gol bor.

"Al Ittihod" - "Al Hilol" 4:1

"Al Hilol" uchun bu bahs chempionlik masalasini hal qiladigan o'yin bo'ldi. Lekin derbida yutqazdi. "Al Ittihod" raqibini ayab o'tirmadi va yirik hisobda zafar quchdi. "Al Hilol" safida yana Markos Leonardo gol urdi. Aytgancha, mana shu futbolchi 11-raqamda o'ynaydi. 2003 yilda tug'ilgan Markos Braziliya U-21 terma jamoasi azosi hisoblanadi. U "Al Hilol"ga o'tgan yil Portugaliyaning "Benfika" klubidan kelgan.

"Al Hilol" - "Al Xolud" 5:1

Keyingi o'yinda "Al Hilol" bor alamini "Al Xolud"dan oldi. Bu uchrashuvda Salim Al Dovsari bilan Malkom ikkitadan to'p kiritdi. Yana bir gol Markos Leonardo nomiga yozildi.

"Al Hilol" - "Al Ahli" 2:3

Va nihoyat kecha tunda "Al Hilol" yana bir muhim bellashuvni o'tkazdi va yutqazdi. O'z maydonida "Al Ahli" bilan kechgan bahsda poytaxtliklar 2:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Bu Toshkentga safar oldidan "Al Hilol"ning oxirgi o'yini bo'ldi. "Al Ahli" bilan kechgan bellashuvda Ar Riyoddagi "Kingdom Arena" muxlislar bilan to'lib toshdi. Raqib hujumchisi Ayvan Toni uchta gol urdi. "Al Hilol" tarkibida esa yana o'sha Salim Al Dovsari bilan Markos Leonaro to'p kiritdi.


"Al Hilol" qanaqa taktikada o'ynaydi?

Ko'rib turganingizdek, bu jamoaning ishlari unchalik zo'r emas. "Al Xolud" ustidan yirik g'alaba hech narsani anglatmaydi. Jamoa asosiy raqiblari - "Al Ittihod" bilan "Al Ahli"ga imkoniyatni boy berdi. Bu esa "Al Hilol"da muammolar etarli ekanini ko'rsatmoqda. Buyog'i endi "Paxtakor" murabbiylar shtabining raqibni qanchalik puxta va pishiq o'rganganiga bog'liq.

Oxirgi to'rtta o'yindan kelib chiqsak, "Al Hilol" 4-2-3-1 taktikasidan foydalanib kelyapti. Darvozani asosan marokashlik Yassin Bunu (#37) qo'riqlaydi. Bu darvozabonni muxlislari Jahon chempionatidagi o'yinlari orqali eslab qolishgan.

Himoya o'ng qanotdan boshlab quyidagicha taqsimlangan: Joao Kanselo (#20) - Kalidu Kulibali (#3) - Ali Al Bulayhi (#5) - Moteb Al Harbi (#24). Ikkita tayanch yarim himoyachi vazifasini quyidagi futbolchilar bajaradi: Ruben Nevesh (#8), Sergey Milinkovich-Savich (#22) va Mohamed Kanno (#28) Oxirgi bahsda murabbiy o'rtada Nevesh - Savich juftligini o'ynatdi.

Yarim himoyaning chap qanoti jamoa sardori Salim Al Dovsariga (#29) tegishli. Oxirgi to'rtta o'yindan beri faqat o'zi o'ynab kelyapti. O'ngda esa Kayo Sezar (#27) o'ynaydi. Faqat bitta uchrashuvda Malkom (#77) o'ngda harakat qildi. Qolgan uchta o'yinda Kayo Sezar o'ynadi. Hujumchi ortida Abdulloh Al Hamdan (#99), bazan Sergey Minkovich-Savich, bazan esa Malkom harakat qiladi. Endi bu ham murabbiyning tanloviga bog'liq.

Jamoadagi yaqqol hujumchi bu yuqorida aytganimiz Markos Leonardo (#11). Juda tezkor va abjir. Jamoaning yana bir to'purar hujumchisi Aleksandr Mitrovich (#9) tarkibda ko'rinmay qoldi. Balki jarohat olgandir. Neymar esa klubni tark etib Braziliyaga qaytganidan xabaringiz bor.


Bosh murabbiy kim?

"Al Hilol"ni bir yarim yildirki portugaliyalik mutaxassis Jorje Jezus boshqarib kelmoqda. Bu murabbiy o'tgan yil 70 yoshni qarshi oldi. Darvoqe ushbu murabbiy 2018 yilning yarmida "Al Hilol"ni boshqargandi. Keyinchalik "Flamengo", "Benfika", "Fenerbahche" klublarida faoliyat olib borib, yana "Al Hilol"ga qaytdi.

Jorje Jezus "Al Hilol" bilan bir marta Saudiya chempionligini qo'lga kiritgan. SHuningdek, bir marta Qirol Kubogida va uch marta Superkubokda zafar quchgan.

Xulosa o'rnida

"Al Hilol" - kuchli raqib, lekin hozirgi paytda har qanday jamoa bilan o'ynasa bo'ladi. Hamma gap to'g'ri taktika tanlash, kuchli xohish va ishtiyoqqa bog'liq. "Al Hilol"ning ham ojiz tomonlari bor. Masalan, jamoa standart vaziyatlarda yaxshi himoyalana olmaydi. Va oxirgi o'yinlardan kelib chiqsak, gollarni asosan standart vaziyatlardan o'tkazib yuboryapti. Ayniqsa to'p havolatib uzatilganda ularning himoyachilari juda notekis harakat qiladi. "Paxtakor"ga aynan standartlar yordamga kelishi mumkin.

"Al Hilol" ikkita kuchli raqib bilan o'yinda 7ta gol o'tkazdi. Demak, himoyadagi ishlar umuman joyida emas. Qolaversa jamoada charchoq alomatlari ham bor, bu esa "Paxtakor"ga qo'l keladi. "Paxtakor" futbolni, rasmiy uchrashuvlarni sog'ingan va bundan foydalanib hozirgi "Al Hilol" bilan bemalol o'ynasa bo'ladi. Raqib jamoa safidagi nomlar "dahshatli" ko'ringani bilan maydonda oyoqlar yuguradi.


X.Xoliqov.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing