29 mar 17:39
Yangiliklar
Boks/MMA
Aziz Abdug'afurov bir yillik tanaffusdan so'ng ringga qaytmoqda
Aziz Abdug'afurov navbatdagi jangini o'tkazadi.
Super o'rta vazn toifasidagi prof bokschimiz Aziz Abdug'afurov (13-1, 5 KO) bir yillik tanaffusdan so'ng ringga qaytmoqda. CHarm qo'lqop ustamiz 29 aprel kuni Rossiya federaciyasining Moskva shahrida faoliyatidagi 15-jangini o'tkazadi.
Mazkur bahsda hamyurtimizga mezbonlar vakili, tajribali Fedor CHudinov (25-2-1, 17 KO) raqiblik qiladi. Buni bokschining o'zi saytimiz muxbiri bilan suhbatda malum qildi.
Eslatib o'tamiz, Abdug'afurov so'nggi jangida rossiyalik Pavel Silyagindan mag'lubiyatga uchragan va WBC Silver kamarini boy bergan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar