23 avg 22:13
Yangiliklar
Boks/MMA
Azizbek Abdug'ofurov kamarini himoya qiladimi yoki reyting jangi o'tkazadimi?
Bugun professional bokschimiz Azizbek Abdug'ofurov CHelyabinsk shahrida ringga ko'tariladi.
Avvalroq hamyurtimiz rossiyalik Andrey Sirotkinga qarshi jangda WBC Silver kamarini himoya qilishi lozim edi. Ammo, to'qnashuvga ikki kun qolganda raqib mazkur jangni rad etdi va Abdug'ofurov rossiyalik boshqa bir bokschi Gasan Gasanovga qarshi jang qiladigan bo'ldi.
Gasan Gasanovning reytingi past bo'lganligi sabab, ushbu jang Azizbek uchun himoya emas, reyting jang maqomida bo'ladi.
Malumot uchun, jahonga mashhur BoxRec tizimi reytingida ayni paytda Abdug'ofurov ikkinchi o'rta vazn toifasida 21, Gasanov esa yarim og'ir vaznda 85-pog'onani egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar