14 avg 15:27
Yangiliklar
Boks/MMA
Azizbek Abdug'ofurov WBC Silver kamarini himoya qiladi
Professional bokschimiz Azizbek Abdug'ofurov 24 avgust kuni navbatdagi jangini o'tkazadi.
Rossiyaning CHelyabinsk shahrida o'tkaziladigan bahsda hamyurtimizga mezbon sportchi Andrey Sirotkin raqiblik qiladi.
O'sha kungi bahsda Abdug'ofurov o'zining WBC Silver kamarini himoya qiladi.
Eslatib o'tamiz, Azizbek Abdug'ofurov shu kungacha prof boksda 12 marotaba jang qilgan va ularning barchasida g'alaba qozongan. Janglarining 4 tasida u raqiblarini nokautga uchratgan. Sirotkin esa professional ringda 17 marotaba jang qilib, ularning 16 tasida g'alaba qozongan (5 ta nokaut). 1 ta esa nokaut evaziga mag'lub bo'lgan.
Malumot uchun, 24 avgust kuni CHelyabinskda o'tkaziladigan jang oqshomining markaziy to'qnashuvida Sergey Kovalyov va Entoni Yard to'qnash keladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar