So’nggi yangiliklar

09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0 17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0

12 sen 17:11
Yangiliklar

Futbol

Babayanning licenziyasi vaqtincha qaytarib olindi. U championat.asia jurnalistidan videoni o'chirib tashlashni talab qilgandi

Teglar :  Samvel Babayan
Coca Cola Superligasining 18-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" – "Navbahor lochinlari" uchrashuvi yakunida ko'ngilsiz voqea kelib chiqqani bir qator sport nashrlari tomonidan malum qilindi.

Unga ko'ra, mehmonlar ustozi Samvel Babayan matbuot anjumaniga kirish chog'ida futbol muxlislaridan biri bilan tortishib qolgan. 

Mazkur vaziyatga Milliy gvardiya xodimlari ham aralashgan. Babayanning baland ovozda xunuk so'zlar bilan baqirayotganini eshitgan ayrim jurnalistlar matbuot anjumanlari xonasidan ko'chaga yugurib chiqqan. Bu vaqtda mutaxassis OAV xodimlari holatni tasvirga tushirmoqda degan fikrda, o'z sheriklaridan Championat.asia nashri vakilining telefonini tortib olish hamda undagi videotasvirlarni o'chirib tashlashni talab qilgan. SHundan keyin Babayanning sherigi hamda O'zPFL tomonidan shu yilning 26 fevral sanasida ID 140 raqamli akkreditaciya olgan Farhod Umaraliev jurnalistning qo'lidan uning shaxsiy telefonini tortib olib, o'zboshimchalik bilan undagi materiallarni o'chirib tashlagan. Bu harakatlarni vaziyatga guvoh bo'lgan boshqa nashrlar ham tasdiqladi. 

O'zPFL Reglamentlarida jamoa rasmiylari musobaqalar davomida o'zlarini qanday tutishlari aniq ko'rsatib o'tilgan. Jamoa ustozlari har qanday holatda ham o'zlarini namuna sifatida ko'rsatishlari shart. Biz futbol va undagi hissiyotlarni hurmat qilgan holda murabbiylarning o'yin vaqtidagi emociyalarini tabiiy qabul qilamiz va faqatgina juda oshirib yuborilgan vaqtda murabbiy ishini tegishli qo'mitaga oshiramiz. Biroq Samvel Babayan uchrashuv davomida uni tinimsiz haqorat qilgan futbol muxlisi bilan rasmiy tadbirgacha hisob-kitob qilishga urinishi to'g'ri ish emas. Qolaversa, O'zPFL musobaqalarini yoritib boruvchi jurnalistlarning stadionlardagi faoliyatini "O'zPFL tomonidan o'tkaziladigan tadbirlar va musobaqalarda ishlovchi OAV vakillari uchun yo'riqnoma" orqali tartibga soladi, ularga shu asosda akkreditaciya taqdim etiladi. SHundan kelib chiqib, O'zPFL o'z tadbirlarida faoliyat olib borayotgan OAV vakillarini har qanday holatda ham himoya qiladi. Babayan va uning sheriklari tomonidan amalga oshirilgan ish shu tomondan qaralganda na etika normalariga, na Reglamentga va na qonunchilikka to'g'ri keladi. 

Yuqoridagilardan kelib chiqib, O'zPFL Samvel Babayanning mazkur ishini Tartib-intizom qo'mitasiga oshiradi va unga qadar murabbiyning licenziyasini qaytarib oladi. SHuningdek, qo'mitada ish ko'rib chiqilayotgan vaqtda jazo engilroq bo'lishi uchun “Navbahor lochinlari” futbol klubi va shaxsan Samvel Babayanni OAV vakillaridan uzr so'rashga chaqiradi. Bunga qadar ham matbuot anjumanida ko'ngilsiz voqea keltirib chiqargan, biroq keyinchalik o'z aybiga iqrorligidan kelib chiqib, qayta akkreditaciya berilgan Farhod Umaralievning akkreditaciyasi ham qaytarib olinadi va u O'zPFL musobaqalari uchun ro'yxatdan qayta o'tkazilmaydi. Mazkur shaxs matbuot anjumanida ishtirok etgani aniqlansa, har qanday mezbon klub jarimaga tortiladi", – deyiladi rasmiy xabarda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing