24 iyu 10:59
Yangiliklar
Tennis

Bad-Xomburg (WTA 500). Amaldagi chempion ilk davradayoq yutqazdi
Germaniyaning Bad-Xomburg shahrida tennis bo'yicha maysa qoplamali WTA 500 toifasiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari boshlandi.
Musobaqaning amaldagi chempioni Diana SHnayder kutilmaganda ilk davradayoq mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Dunyoning 12-raketkasi bo'lib turgan rossiyalik tennischi ilk davrada WTA reytingida 22-o'rinni egallab turgan xorvatiyalik Donna Vekichga imkoniyatni boy berdi - 3/6, 3/6.
Donna tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanatini ham tiklab qo'ydi - 2:2. Etmish to'qqiz daqiqa davom etgan bahsda SHnayder 1, Vekich 5 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennis malikasi ham 1 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ygan. CHempionlik ochkolarini himoya qila olmagan SHnayder onlayn reytingda 15-o'ringa tushib ketdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar