31 mar 18:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Bahodir Big Uzbek Jalolovning raqibi malum + FOTO
Xabaringiz bor, 3 aprel kuni poytaxtimizdagi muhtasham "Humo Arena"da professional boks kechasi bo'lib o'tadi.
Nihoyat, oqshom doirasida jang qiladigan bokschilarimizdan biri Bahodir Jalolov (7-0-0, 7 KO)ning raqibi elon qilindi. Unga ko'ra, "Big Uzbek" latviyalik Kristaps Zutis (11-1-2, 7 KO)ga qarshi ringga ko'tariladi.
Eslatib o'tamiz, kechaning asosiy jangi Murodjon Ahmadaliev ishtirokida bo'lib, u WBA/IBF chempionlik kamarlarini yaponiyalik majburiy davogar Ryosuke Ivasadan himoya qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar