20 avg 23:15
Yangiliklar
Boks/MMA
Bahodir Jalolov CHechenistondagi turnirda ilk jangini o'tkazdi
Grozniy shahrida CHechenistonning birinchi prezidenti, Rossiya Qahramoni Axmat-Xoji Qodirov xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir davom etmoqda.
Musobaqada +91 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Bahodir Jalolov ilk davrada polshalik Marchin Sianosga qarshi jang qildi va bahs davomida to'liq ustunlikka erishdi. Bu esa uchinchi raundga kelib o'z samarasini berdi. Raqib bokschining murabbiylari uchinchi raundda jangni to'xtatishni maqul topishdi va shu tariqa Bahodir muddatidan oldin g'alabaga erishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar