So’nggi yangiliklar

23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0

09 sen 15:32
Yangiliklar

Boks/MMA

Bahodir Jalolov Jahon chempionatidagi asosiy raqibi, Toshkentdagi prof boks kechasi haqida gapirdi

SHu kunlarda Rossiyaning Ekaterinburg shahri havaskor boks bo'yicha erkaklar o'rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.

O'z tarixida yubiley - XX marotaba tashkil etilayotgan yilning eng nufuzli musobaqasida O'zbekiston terma jamoasi ham to'liq tarkibda ishtirok etadi. Biz qura natijalari malum bo'lganidan keyin eng og'ir vazn (+91 kg) toifasida yurtimiz sharafini himoya qiluvchi charm qo'lqop ustamiz Bahodir Jalolov bilan bog'lanib, undan kichik intervyu oldik. 

- Bahodir, qura qaysidir manoda bokschilarimiz uchun omadli keldi. Bu fikrga qo'shilasizmi?

- Ha, haqiqatan ham qura bizga birmuncha omadli keldi. Bir nechta vazn toifalarida asosiy raqiblarimiz musobaqa setkasining ikkinchi qismidan joy olishdi. Umuman olganda, jahon chempionatiga juda yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Mashg'ulotning yakuniy va shu bilan birga hal qiluvchi bosqichi bevosita musobaqa o'tkaziluvchi Ekaterinburg shahrida o'tkazildi. 

- SHaxsan o'zingizning raqiblaringiz haqida qanday fikrdasiz?

- Jahon chempionatiga kuchsiz bokschining o'zi kelmaydi. Ularning hammasi kamida o'z mamlakatlari chempionlari. Quraga ko'ra Xorvatiya, Rossiya, Ukraina, AQSH kabi mamlakat bokschilari bilan setkaning bir tomoniga joylashdim. Final yo'lida ular bilan to'qnash kelishim mumkin. Amerikalik yosh bokschi Kopa Amerikada ikkinchi o'rinni olgan. Lekin baribir asosiy raqib qozog'istonlik bokschi bo'lsa kerak. Hali bir hafta vaqt bor. Sabsizlik bilan bizning vazn toifasidagi janglarning boshlanishini kutyapman. 

- 29 sentyabr kuni Toshkentdagi professional boks oqshomida ringga chiqishingiz haqida ham malumot berildi. Jahon chempionatidan keyin bir hafta vaqt qoladi. Bu sizga qiyinchilik tug'dirmaydimi?

- Hozircha Toshkentdagi jang haqida o'ylamayapman. Bor etiborim jahon chempionatiga qaratilgan. O'z oldimga katta maqsad qo'yganman. Agar raqib topilsa, poytaxtimizda o'tadigan boks oqshomida ham ringga chiqaman. Tayyorgarlik pand bermaydi. Ekaterinburgdan qaytishimiz bilan yana mashg'ulotlarga kirishamiz. 

Reyting: +1   

Fikrlar

   
09 sen 17:15:23
Angren.
Хаммага рахмат
   
09 sen 17:10:43
Nuriddin 77
Angren. foydalanuvchining fikriga javob berish
Кимда силка бор бойи куришга? Буса ташаворила илтимос!
Rusboxing.ru shudayam pryamoy efir qòyishyapti pasida ròyhatam bor.
   
09 sen 16:27:58
Береке Эрисбаев
play marketta Glaz tv degen prilojenie bar sonda rossysky kanaldar bar sodan koruge bolady
   
09 sen 16:19:24
Angren.
Кимда силка бор бойи куришга? Буса ташаворила илтимос!
   
09 sen 15:41:58
Dilshot Solihov
Toshkentagi 29 sentiyabirdagi boks oqshomi qoldirildi shunisi aniq.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing