30 apr 09:16
Yangiliklar
Boks/MMA
Bahodir Jalolov Londonda kimga qarshi jang o'tkazishi malum
Avval xabar berganimizdek, superog'ir vazn toifasidagi charm qo'lqop ustamiz Bahodir Jalolov navbatdagi jangini kelasi haftada o'tkazadi.
Jalolov 9 may kuni Buyuk Britaniya poytaxti London shahrida tashkil etiladigan yirik prof boks oqshomida ringga ko'tariladi. O'sha kuni Bahodir xorvatiyalik Agron Smakichiga qarshi jang o'tkazadi.
Aslida, Bahodir va Agron 2024 yilda IBA.Pro turnirida jang qilishlari kerak edi, ammo mazkur turnirda Jalolovning o'rniga boshqa bir hamyurtimiz — Jahongir Zokirov ringga chiqib, Smakichi ustidan ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan edi.
Malumot uchun, uchun 9 may kungi boks oqshomida boshqa bir hamyurtimiz Javohir Ummataliev ham ringga ko'tariladi. Markaziy jangda esa Daniel Dyubua va Fabio Uordli o'zaro to'qnash keladi.
Havola :
Manba : Boxer TV
Fikrlar